Soch va soqol o’sishi uchun vitaminlar

 

Soch va soqolning sog‘lom ko’rinishi – bu o’z imijiga ko’rimlilik va salobat beruvchi zamonaviy erkak jozibador qiyofasining ajralmas atributi hisoblanadi. Tanaga yetarli ravishda foydali va to’yimli moddalarning kelib tushishini ta’minlash lozim. Soch va soqol o’sishi uchun vitaminlar gigiyena va parvarish qoidalariga rioya qilishdek katta ahamiyat kasb etadi. Sizning sochlaringiz tashqi ko’rinishi, ularning qalinligi, jilosi va mustahkamligi soch follikullarining ichki ta’minoti qanchalik samarali bo’lishiga bog‘liq bo’ladi.

Sochlarning ta’minoti sifati ko’p jihatdan ular o’sishining jadalligini belgilaydi. O’z tanangizni zarur mikroelementlar bilan oziqlanishini ta’minlamagan holda, soqol yoki sochning quyuq, sog‘lom bo’lishiga umid qilmasa ham bo’ladi. Baxtimizga, qaysi vitaminlar sochlarning o’sishi uchun eng samarali bo’lishi tadqiqotlar orqali allaqachon belgilab olingan. Umuman olganda, bu yerda hech qanday yangilik yo’q — ular ko’p jihatdan tananing to’laqonli o’sishi uchun juda ham zarur bo’lgan moddalardir. Ammo ushbu majmuaning o’ziga xos xususiyatlari ham borki, boshdagi sochning o’sishi uchun vitaminlarni tanlashda ularni albatta hisobga olish lozim. Bizning material sizga bu masalada yordam beradi: biz ularni sodda va tushunarli tilda bayon etib, eng muhim jihatlarini ta’kidlab, tadqiqotlarning ishonchli natijalarini bir yerga to’plashga harakat qildik.

Soqolning sekin o’sish sabablari

Birinchi navbatda nima uchun sizning soqolingiz yetarli ravishda yaxshi o’smasligini ko’rib chiqaylik. Bu sizga ham paydo bo’lgan muammoni bartaraf etish, ham bunday vaziyatga yo’l qo’ymaslik uchun kerakli chora-tadbirlarni qo’llashga yordam beradi. Shunday qilib, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, soch ildizlari faolligining susayishi va soqoldagi tuklar umumiy holatining yomonlashuvi quyidagi sabablar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin:

  • Ozuqaviy moddalar va minerallarning yetishmovchiligi – eng avvalo, boshdagi sochlarni o’stirish va mustahkamlash uchun vitaminlarni yetarli miqdorda qabul qilish zarur;
  • gigiyenik protseduralarning yo’qligi yoxud yetishmovchiligi;
  • soch ildizlari zararlanadigan tarzda noto’g‘ri ravishda oldirish;
  • nosog‘lom ovqatlanish – yog‘li taomlar, fast-fud, yarim tayyor mahsulotlarning haddan tashqari ko’pligi ham umumiy metabolizm, ham xususan soch follikullarining oziqlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
  • turli xil omillar bilan chaqirilgan bo’lishi mumkin bo’lgan gormonal muvozanatning buzilishi;
  • jinsiy yetuklik siklining buzilishi;
  • yoshning o’ziga xos xususiyatlari;
  • Irsiy omillarning ta’siri;
  • stresslar, haddan tashqari toliqish;
  • zararli odatlar.

Bundan tashqari, soqol va soch o’sishining jadalligi, ularning tashqi ko’rinishi va salomatligiga sog‘liq bilan bog‘liq turli xil muammolar ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Albatta, bu vaqtda ancha kuchsizlanib qolgan tanani ozuqaviy moddalar bilan qo’llab-quvvatlash zarur – shu jumladan boshda sochlarning o’sishi uchun vitaminlarni qabul qilish lozim. Bu organizmga kuchsizlanish holatini tezroq yengib o’tish, o’z faoliyatini qayta tiklash va normal hayot faoliyatiga qaytish imkonini beradi. Bu shuningdek sochning holatiga ham ta’sir qiladi!

Sochning o’sishi uchun zarur vitaminlar

Tadqiqotlar chog‘ida soch va soqol uchun eng foydali vitaminlarning ro’yxati ko’p marotaba tuzilgan va tasdiqlangan:

  • A – sochlarni mo’rtlik, zaiflanish, darmondan qolishdan himoya qiladi, sochlarning qattiqligini oshiradi;
  • V1 – soch ildizlarining to’laqonli metabolizmi va oziqlanishi uchun muhim;
  • V3 – normal qon aylanishi, follikullarni yetarli miqdordagi ozuqaviy moddalar bilan ta’minotini ta’minlaydi;
  • V5 – boshning soch qismida qon oqimini yaxshilaydi;
  • V6 – normal moddalar almashinuvi, gormonal muvozanatni qo’llab-quvvatlash uchun katta ahamiyatga ega, sochlarning sog‘lom tuzilmasi va tashqi ko’rinishini ushlab turish uchun zarur;
  • V7 – ushbu vitamin sochlarning o’sishi uchun ayniqsa muhim, negaki u nofaol soch follikullarini uyg‘otishga yordam beradi;
  • V9 – u tufayli sochlar yanada qalinroq, mustahkamroq va kuchliroq bo’ladi;
    V12 – sochlarni ozuqaviy moddalar va kislorod bilan ta’minlash uchun zarur;
  • S – normal metabolizm, sochlarni oziqlantirish uchun muhim, antioksidant ta’sirini ko’rsatadi;
  • D – sochlarni mustahkamlaydi;
  • E – soch o’sishi uchun YE vitamini ularni to’laqonli oziqlantirishni ta’minlash qobiliyati tufayli katta ahamiyat kasb etadi;
  • Zinc (Rux) — sochlarning pigmentatsiyasini kuchaytirish va mustahkamlash uchun mineral, shuningdek immunitetni mustahkamlash uchun iste’mol qilinadi.

Bundan tashqari, sog‘lom soch va soqollarning o’sishi uchun organizmni yetarli miqdordagi magniy, kalsiy,  zinc (rux) va temir bilan ta’minlab turish muhim.

Soch va soqol o’sishi uchun vitaminlar

Sochlarning to’kilishini oldini olish va o’sishi uchun qanday tarzda vitaminlarni olish kerak?

O’z organizmingizni zarur moddalar bilan turli xil usullarda ta’minlashingiz mumkin. Eng avvalo, o’zingizning ovqatlanish rejimingizni tartibga solish lozim – inson organizmi uchun talab qilinuvchi barcha komponentlar yoki ularning sintezi uchun birlamchi birikmalarni tabiiy manbalardan olish mumkin. O’z ratsioningizga quyidagi mahsulotlarni qo’shish muhim:

  • yangi uzilgan sabzavot va mevalar;
  • don ekinlari va yong‘oqlar;
  • ko’katlar;
  • baliq, go’sht, mol so’yishdagi ikkinchi darajali mahsulotlar (eng avvalo, jigar);
  • sut mahsulotlari;
  • tuxumlar;
  • o’simlik yog‘lari.

Ovqatlanish muvozanatlashtirilgan bo’lishi zarurligini yoddan chiqarmaslik muhim – bir xil moddalarning haddan tashqari ko’pligi boshqalari yetishmovchiligining o’rnini bosmaydi. Agar bu darajada sinchkovlik bilan o’zingizning ovqatlanish tartibingizni kuzatib turish imkoningiz bo’lmasa, u holda dorixonada yoki ixtisoslashtirilgan do’konda sochlarning quyuqligi va o’sishi uchun vitaminlarni xarid qilib olishingiz mumkin. Siz ularni qabul qilishning o’zingiz uchun qulay shakli va usuli:

  • tabletkalar;
  • drajelar;
  • kapsulalar;
  • mazlar va kremlar;
  • losonlar va spreylarni tanlab olishingiz mumkin ni tanlab olishingiz mumkin.

 

Soch uchun eng yaxshi vitaminlarni tanlab olishga mutaxassisning maslahati yordam beradi. Hamma gap shundaki, turli xil preparatlarning tarkibi, shunga mos ravishda, ta’siri bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin. Shuning uchun agar sizning sochingiz yomon o’sayotgan bo’lsa, u holda sizga bir vosita to’g‘ri keladi, agar sochlaringiz ingichka va mo’rt bo’lsa, u holda boshqasi mos keladi. Agar biron bir yaqqol namoyon bo’lgan muammo mavjud bo’lmasa, u holda siznin sochingizning har tomonlama oziqlanishini ta’minlovchi soch va soqol uchun vitaminli majmualarga e’tibor qaratgan ma’qul.

Qanday qilib quyuq soqol va chiroyli sochlarni o’strish mumkin: qo’shimcha maslahatlar

Eng muhim qoida: soch o’sishi uchun qanday vitaminni tanlashingizdan qat’iy nazar tavsiya etilgan dozalashtirishga rioya qilish muhim. Axir organizm uchun nafaqat foydali moddalarning yetishmovchiligi, balki ularning haddan tashqari ko’pligi ham zarar yetkazishi mumkin.

Dorixonalarda taklif qilinadigan preparatlar ham profilaktika, ham davolash uchun mo’ljallangan bo’lishi mumkinligini yodda tutish lozim. Birinchi guruh vositalari – bu, odatda, qo’llanilishning juda keng spektriga ega bo’lgan, oson o’zlashtiriladigan shakldagi birikmalar va moddalarning organizmga zarur majmuasi. Dorilarga tegishli bo’lgan soch va soqol o’sishi uchun xuddi shu vitaminli majmualar, odatda, anchagina murakkab tarkib va yo’naltirilgan ta’sirga ega bo’ladi – shuning uchun ularning tayinlanishi shifokor tomonidan amalga oshirilishi lozim.

Shuningdek soch o’sishi uchun hattoki eng yaxshi vitaminlar ham yakka-yolg‘izlikda muammoni hal qila olmasligini unutmaslik zarur. Quyuq va chiroyli soqol yoki sochni o’strib olishga faqat unga kerakli tarzda parvarish qilgandagina erishish mumkin:

  • muntazam ravishda teringiz turiga mos keladigan vosita bilan yuvinib turing;
  • teriga shikast yetkazishi mumkin bo’lgan o’tmaslashib qolgan ustaradan foydalanmang;
  • sog‘lom muvozanatlashtirilgan ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling yoki juda bo’lmaganda unga rioya qilishga harakat qilib ko’ring;
  • yetarli miqdordagi suvni ichib turing;
  • kun tartibiga rioya qiling, faollik va dam olish davrlarini bir-biri bilan almashtirib turing;
  • stress holatlaridan qochishga harakat qiling.

Shuningdek muammoni bartarf qilishdan ko’ra, uning oldini olish ancha osonroq ekanligini yodda tuting. Shuning uchun soch o’sishi uchun eng samarali vitaminlarni tanlab oling – ularni ogog‘lantirish chorasi sifatida qabul qilib turing. Zamonaviy bozor erkaklar va ayollarda soch o’sishi uchun ko’plab turli xil vitaminlarni taklif etadi, ular tarkibi, ta’sir spektri v narxi bo’yicha bir-biridan farqlanib turadi – shuning uchun har kim o’zi uchun eng maqbul variantni tanlab olishi mumkin!

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang 👉 TELEGRAM KANAL