Ba’zi savollarga javoblar

Soqol uchun vitaminlarni qabul qilish kerakmi-yo‘qmi?

Soqol osishi uchun eng asosiysi minoksidil hisoblanadi, vitaminlar esa shunchaki qo‘shimchalardir va kursga ularni qo‘shish kerakmi yoki yo‘qmi har kim o‘zi hal qiladi. Vitaminlarsiz soqol o‘sadi, ammo faqat minoxidilsiz vitaminlar bo‘lmaydi.

Biotinni kursga qo‘shimcha sifatida qo‘shish mumkin, negaki u organizmda moddalar almashinuvini tezlashtiradi, biz yaxshi bilamizki, moddalar almashinuvi tezlashganda soch hamda tirnoqlarning o‘sishi ham tezlashadi, yaralar tezroq bitadi, organizmdagi barcha jarayonlar tezlashadi.

Rux (ZINC) tabiiy ravishda erkaklik gormoni testosteronni ko‘taradi, past testosteronda soqol va sochlar yomon o‘sadi. Shuningdek vitaminlar natijaning keyinchalik orqaga qaytishining oldini olishi mumkin va soqolning to‘kilish imkoniyati kamayadi.

Minoxidildan keyin birlamchi holatga qaytib ketishi bo‘lmasligi uchun kursni qanday qilib to‘xtatish mumkin?

Men avval aytib o‘tganimdek, uch oylik kurs to‘xtatilganidan keyin ba’zi bir odamlarda orqaga qaytish kuzatiladi, ammo bu hammada ham ro‘y bermaydi. 3 oy ichida hattoki soqol uchun yaxshi natijaga erishsa bo‘ladi, ammo kurs to‘xtatilganidan keyin ular to‘kilib ketadimi-yo‘qmi, bu savol ochiqligicha qoladi.

Bunday bo‘lmasligi uchun 6 oy davomida minoksidildan foydalangan maqsadga muvofiq bo‘ladi, ammo buning ham o‘ziga xos bir jihati bor. Kursning oxirgi oyida minoksidildan qo’llash сhastotasini kamaytirishga foydalanish kerak.

Masalan, siz 5 oy kuniga 2 marotaba minoksidilni qo’llasysiz, 6 oyda esa qo’llash chastotasini kuniga bir martagacha kamaytirishni boshlash kerak, bu 10 kun davom etadi, keyin esa haftasiga 5 marotaba, so‘ngra 4 marotaba kamroq va keyinroq minoksidilning oxirgi flakoni tugamaguncha 2 haftada 1 marotabagacha kamaytirib boriladi.

Hamma gap shundaki 5 oy davomida soch ildizlari minoksidil kuchi bilan faol ravishda o‘sib kelayotgan edi va agar kurs keskin ravishda to‘xtatib qo‘yilsa, u holda bu qo‘shimcha kuchsiz ular shok holatiga tushib qolishlari va to‘kilishlari mumkin, shu sababli kursni to‘liq to‘xtatgunga qadar qo’llash chastotasini sekin-asta kamaytirib borish lozim. Aynan mana shunday kurs to‘g‘ri hisoblanadi.

Minoksidildan terining qizarishi va quruqshab qolishi bilan qanday kurashish mumkin?

Agar siz minoksidildan endigina foydalanishni boshlayotgan bo‘lsangiz va siz teringiz qattiq qizarayotganini sezgan bo‘lsangiz, u holda teringiz bunga ko‘nikib olguniga qadar qo’llash chastotasini kuniga bir marotabagacha kamaytirish lozim. Bu taxminan bir haftadan uch haftagacha vaqtni olishi mumkin, so‘ngra kuniga yana 2 marotabadan qo’llashni boshlaysiz.

Terining quruqshab qolishi bilan kurashishda bolalarning yumshatuvchi kremlaridan foydalanishni tavsiya etaman, ular haqiqatda yaxshi yordam beradi. Shuningdek yuzni sovun bilan yuvish tavsiya etilmaydi, negaki teri yanada kuchliroq quruqshab boradi.

Kursga qachon dermarollerni qo‘shish mumkin?

Birinchi oyning o‘zidayoq minoksidilning samarasi sezila boshlaydi, agar sizda samara bo‘lmasa, demak sizning organizmingiz minoksidilni yaxshi qabul qila olmayotgan bo‘ladi va samarani kuchaytirish uchun dermarollerni qo‘shib qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Agar men minoxidilni qo’llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsam nima qilish kerak?

Hattoki eng intizomli odamlar har doim ham preparatni kuniga ikki marotaba tushirishmaydi. Agar sizga yakuniy natija muhim bo‘lsa, buni tizimga aylantirib yubormaslikka harakat qiling. O’tkazib yuborilganidan keyin minoksidilning qo‘shaloq dozasini tushirish talab etilmaydi.

Minoksidildan har kuni foydalanishga ko‘nikib olish murakkabmi-yo‘qmi?

Odatda bir muddat vaqt o‘tib bu odatga aylanadi. Minoksidilni tushirish juda ham oson va u tishni tozalashdan ko‘ra kamroq vaqtni oladi. Har qanday holatda ko‘zguda har kuni siyraklashib borayotgan sochlarga guvoh bo‘lish kayfiyatni yanada ko‘proq buzadi.

Minoksidil ko‘nikib qolishni chaqiradimi?

Minoksidil ko‘nikib qolishni chaqirmaydi, uning qo‘llanilishidan olingan ijobiy samara barqaror bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib qolmaydi.

Minoksidilni kuniga bir marotaba qo’llash mumkinmi-yo‘qmi? 

Yo‘riqnomaga ko‘ra, minoksidildan maksimal ravishda samarani olish uchun kuniga ikki marotaba qo’llash zarur. Biroq hattoki minoksidilga sezgir odamlar uchun undan bir marotaba foydalanish ham yaxshi natija berishga qodir, ta’sir qilmaganda esa Siz o‘z sochlaringizni yo‘qotishda davom etasiz.

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang 👉 TELEGRAM KANAL

Original Minoxidil sotib olish